“Bolalar shaharchasi”ga Prezident sovgʻasi topshirildi

11:05 19 Aprel 2019 Jamiyat
191 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Kecha Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi”ga Prezident sovgʻasi - 1000 dona kitob tuhfa qilindi.

- Prezidentimizning ushbu bebaho sovgʻasi tufayli kutubxonamiz adabiyot fondi 5 ming nusxadan oshdi, -deydi shaharcha direktori Pokiza Ahmadjonova. - Bu bilan endi bolalarimizning tanlash imkoniyati yanada kengaydi. Shu oʻrinda ayni chogʻda shaharchamizdagi oilalarda “Oʻqish vaqti” tashkil etganimizni aytib oʻtsam. Yaʼni har kuni tarbiyalanuvchilarimiz oʻz oilalarida maʼlum vaqt mobaynida mutolaa bilan mashgʻul boʻlishadi va oʻqiganlaridan olgan taassurotlarini bir-birlari bilan oʻrtoqlashadi.

Kitoblarni topshirish marosimida “Bolalar shaharchasi” yosh badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Tantanada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayevsoʻzga chiqdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?