Bolalar Asaka avtomobil zavodiga sayohat uyushtirdi

18:41 01 Iyun 2018 Jamiyat
497 0

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatida ota-onasi qarovisiz qolgan bolalar uchun ijtimoiy xayriya tadbiri tashkil etdi.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari uchun o‘tkazilgan mazkur aksiyadan ko‘zlangan maqsad jajjilarga avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirish, shu orqali ularning bilim olish, kasb-hunar egallashga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishdan iboratdir.

AJ Jamoatchilik bilan aloqalar xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Asaka avtomobil zavodi Bolalar shaharchasi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda uning sobiq tarbiyalanuvchilarining bir qanchasi ushbu korxonada faoliyat yuritmoqda.

Tadbir doirasida teatr tomoshasi tashkil etilib, esdalik sovg‘alari ulashilgani bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?