Bokuda MDH ga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Ozarbayjon Prezidenti ham ishtirok etdi

17:07 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
117 0

Bugun, 30-oktyabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstliga aʼzo mamlakatlar mudofaa vazirlarni kengashining 77-sammiti boʻlib oʻtdi.

Unda Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu, Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov, Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahdodir Qurbonov, Belarus Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Andrey Ravkov, Qozogʻiston mudofaa vaziri general-mayor Nurlan Yermekbayev, Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo, Qirgʻiziston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi general-mayor Rayimberdi Duyshenbiyev, MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.

Asosiy yigʻilish oldidan mudofaa vazirlari Boku shahridagi “Shahidlar maydoni”da boʻlib, “Mangu olov” monumenti poyiga gulchambar qoʻydi va mamlakat hududiy yaxlitligi yoʻlida jon fido qilgan ozar harbiy xizmatchilariga hurmat bajo keltirdi.

MDH ga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlarining kengashida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ham ishtirok etdi.

Sammit kun tartibidan MDH davlatlarining 2025-yilgacha harbiy sohadagi hamkorligi konsepsiyasi, radiatsiya, kimyoviy va biologik sohalarda qoʻshma monitoring va vaziyatni baholashga oid masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, vazirlar “Xalqaro armiya oʻyinlari – 2019” natijalarini sarhisob qilib, MDH harbiy kuchlari uchun ofitser kadrlar tayyorlash hamda “Ilmning boshlanishi” xalqaro ilmiy gʻoyalar festivalining oʻtkazishni muhokama qildilar. Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlashga bagʻishlangan alohida suhbat boʻlib oʻtdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?