Boku va Sankt-Peterburg futbol boʻyicha Yevropa chempionati mezbonlari safidan chiqarilishi mumkin

17:54 16 Oktyabr 2020 Sport
326 0

Ozarbayjonning Boku va Rossiyaning Sankt-Peterburg shaharlari kelgusi yili futbol boʻyicha boʻlib oʻtadigan Yevropa birinchiligi mezbonlari safidan chiqarilishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Sun nashri xabar berdi.

“UYEFA 2021-yilgi chempionatni ilgari rejalashtirilganidek 12 ta shaharda oʻtkazib boʻlmasligini tan olyapti. Hozirgi kunda Armaniston bilan ixtilof holatidagi Ozarbayjonning Boku va Rossiyadagi Sankt-Peterburg roʻyxatdan chiqariladigan dastlabki shaharlar boʻlib turibdi”, deb yozadi gazeta.

Ayni paytda Rossiyadagi pandemik vaziyat Sankt-Peterburgni mezbonlar qatoridan chiqarish uchun sabab sifatida koʻrsatib oʻtilgan.

Xabaringiz bor, joriy yil oʻtkazilishi kerak boʻlgan qitʼa birinchiligi pandemiya tufayli kelgusi yilga qoldirilgan edi. Oʻyinlarni 11-iyundan 11-iyulga qadar Boku, Budapesht, Myunxen, Kopengagen, Dublin, Bilbao, Rim, Amsterdam, Sankt-Peterburg, Buxarest, Glazgo va London shaharlarida oʻtkazish moʻljallanayotgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?