Bokschilarimizning Jahon chempionati yarim finalidagi raqiblari maʼlum

13:35 19 Sentyabr 2019 Sport
568 0

Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha Jahon chempionatida bugun dam olish kuni. Janglar oʻtkazilmaydi.

Ertadan yarim final janglari boshlanadi. Kecha xabar berib oʻtganimizdek, yarim finalga besh nafar oʻzbekistonlik bokschi yoʻl oldi.

Mazkur bokschilarimizning 1/2 finaldagi raqiblari bilan tanishing:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Bilol Bennama (Fransiya) (soat 15:00)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Erdenebat Tsendbaatar (Moʻgʻuliston) (soat 19:15)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Pet Makkormak (Angliya) (soat 19:45)

-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (soat 20:15)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (soat 20:45)

Eslatib oʻtamiz, UZREPORT TV telekanali ushbu janglarni jonli efirda namoyish qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?