Bokschilarimizning IBF reytingidagi holati qanday?

13:29 06 Avgust 2019 Sport
281 0

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) iyul oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu haqda Olamsport xabar bermoqda.

Yangilangan reytingda oʻzbekistonlik sportchilar soni yana bittaga koʻpaydi.

Unda qayd etilishicha, birinchi yarimoʻrta vazn toifasida (-63,50 kg/) Shahram Gʻiyosov 15-oʻrindan oʻrin oldi. Mazkur vazn toifasida shuningdek Shohjahon Ergashev bir pogʻona yuqoriladi va 6-oʻringa joylashdi.

Yarimoʻrta vazn toifasidagi (-66,67 kg) oʻzbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgi oydagi kabi birinchi oʻrinni saqlab qolgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?