Bokschilarimiz “Tokio-2020“ litsenziyalarini qoʻlga kiritishmoqda

08:19 09 Mart 2020 Sport
434 0

Iordaniya poytaxti mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi turnirning chorak final bahslar boʻlib oʻtdi. Ularda hamyurtlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etishyapti.

Xususan, hamyurtimiz Bobousmon Baturov (-69 kg) ushbu bosqichda xitoylik Kiong Yersunga qarshi jang olib bordi. U 3 raund davom etgan bellashuvda ustunligini namoyish qildi va bahsni oʻz foydasiga hal qildi. Eng asosiysi, ushbu gʻalaba Baturovga Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini taqdim qildi.

Musobaqa reglamentiga koʻra -69 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 5 ta kvota oʻynalmoqda. Demak, yarim final final yoʻllanmasi jizzaxlik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.

-91 kilogramm vazn toifasida Sanjar Tursunov chorak final jangini oʻtkazdi. Eronlik Tufan Sharifi bilan kechgan bahsda bokschimiz toʻliq ustunlik qildi va yarim final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

Musobaqa reglamentiga koʻra -91 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 4 ta kvota oʻynalmoqda. Demak, yarim final yoʻllanmasi surxondaryolik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.

Eng ogʻir vazn toifasida hamyurtimiz Bahodir Jalolov (+91 kg) esa bahraynlik Danis Latipovga qarshi ringga koʻtarildi. Unda toʻliq ustunligini namoyish qildi va ishonchli gʻalabani oʻz hisobiga yozib qoʻydi.

Shu tariqa delegatsiyamizning Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari uchun qoʻlga kiritgan umumiy yoʻllanmalari oʻn yettitaga yetdi. Bahodir Jalolov esa Rio-2016dan soʻng yana bir Olimpiya oʻyinlari litsenziyasiga ega chiqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?