Bokschilarimiz “Strandja” xalqaro turnirida 5 ta medalga sazovor boʻlishdi

16:04 20 Fevral 2019 Sport
157 0

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks boʻyicha “Strandja” 70-xalqaro turnir nihoyasiga yetdi. Musobaqada jahonning 42 ta mamlakatidan 350 nafarga yaqin bokschi ishtirok etdi. Shuningdek, oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustalari ham turnirda sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordilar.

Musobaqa yakuniga koʻra, terma jamoamiz aʼzolari 5 ta medalga sazovor boʻldilar.

Oltin:
-56 kg: Miraziz Mirzahalilov
-69 kg: Bobousmon Baturov

Kumush:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov

Bronza:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov.

Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqada medallar sifati boʻyicha uchinchi oʻrindan joy oldi (2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza). Bu borada birinchi oʻrinni Rossiya terma jamoasi (5 ta oltin, 4 ta bronza) qoʻlga kiritdi. Hindiston vakillari esa (3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza) ikkinchi boʻlishdi. Toʻrtinchi oʻrinni AQSH vakillari ( 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza) egallagan boʻlsalar, mezbon mamlakat Bolgariya (2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) kuchli beshlikka yakun yasadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?