Bokschi qizimiz dastlabki litsenziyani qoʻlga kiritdi

15:25 11 Mart 2020 Sport
237 0

​Avval xabar berganimizdek, bugun Iordaniya poytaxti Amman shahrida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha litsenzion turnirning yakuniy bahslariga start berildi.

Eʼtiborlisi, ushbu musobaqaning bugungi kundan oʻrin olgan bahslari biz uchun xushxabar bilan boshlandi. Musobaqaning ayollar oʻrtasidagi bahslarida -51 kg vaznda ishtirok etgan bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova Olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritdi.

Chorak finaldagi magʻlubiyatdan soʻng vakilamiz oʻtish bahsida yoʻllanma uchun tailandlik raqibasi Yutumas Jitpongga qarshi jang qildi va gʻalaba qozondi! Shu tariqa terma jamoamiz aʼzolari ushbu turnirda yettinchi litsenziyani qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, bugun kechki dasturda uch nafar bokschimiz oltin medal uchun janglarga kirishadi. Hamyurtlarimizga musobaqa gʻolibligi yoʻlida omad tilaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?