Boks: jahon chempionatida ilk gʻalaba qoʻlga kiritildi

18:31 09 Sentyabr 2019 Sport
151 0

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha jahon chempionati start oldi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga koʻra, bugungi kun dasturida terma jamoamiz aʼzosi Fanat Qahramonov ringga koʻtarildi.

-75 kilogramm vazn toifasida moʻgʻilistonlik Davanyam Davasurenga qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi. Qahramonov ikkinchi bosqichni 14-sentyabr kuni avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi oʻtkazadi.

Endigi bahslarda terma jamoamizning quyidagi aʼzolari bahslarga kirishadi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov

-57 kg: Miraziz Mirzahalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov

Bokschilarimizga omad yor boʻlsin!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?