O‘zbekistonlik 10 nafar bokschi nufuzli turnir yarim finalida ishtirok etadi

12:41 29 May 2018 Sport
479 0
Foto: MOQ

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha nufuzli “Gubernator kubogi” musobaqasida yarim final ishtirokchilari aniq bo‘ldi.

“Xalq so‘zi”ning Boks federatsiyasidagi manbasi bergan xabarga ko‘ra, bugun musobaqada yarim final bellashuvlari o‘tkaziladi. Unda 9 vazn toifasida 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.

Yarim finalda o‘zbekistonlik bokschilarga quyidagi sportchilar raqiblik qiladi.

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov - Umed Bobojenov (Rossiya)

-52 kg: Jasurbek Latipov - Azat Maxmetov (Qozog‘iston)

-56 kg: Shahobiddin Zoirov - Sirojiddin Abdullayev (Qirg‘iziston)

-56 kg: Miraziz Mirzahalilov - Bahtovar Nazirov (Rossiya)

-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Adlet Kurmetov (Qozog‘iston)

-64 kg: Iqboljon Xoldorov - Pavel Fyodorov (Rossiya)

-75 kg: Isroil Madrimov - Vitaliy Bondarenko (Belorus)

-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev - Andrey Kosenkov (Rossiya)

-91 kg: Sanjar Tursunov - Muslim Gadjimagomedov (Rossiya)

+91kg: Bahodir Jalolov - Ilya Kvasnikov (Rossiya)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?