Boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida yangi nomlar kashf etildi

17:19 28 Oktyabr 2020 Sport
249 0

Kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari yakuniga yetdi.

Qizgʻin va murosasiz kurashlarga boy tarzda kechgan musobaqada bir qator yangi nomlar ham kashf etildiki, bu terma jamoa murabbiylariga tanlov imkoniyatini oshiradi. Bundan esa oʻzbek boksi faqat yutadi.

Eʼtiborlisi, ushbu chempionatda taniqli bokschilar, jumladan Rio-2016 olimpiadasi gʻolibi Hasanboy Doʻsmatov hamda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oʻtkazilgan jahon chempionati gʻolibi Bahodir Jalolovning ukalari ham munosib ishtirok etdi va yakunda shohsupaga koʻtarildi. Ota-bobolarimiz “ot izini toy bosadi”, deb bejiz aytishmagan. Ajab emaski, Samandar Jalolov hamda Fayozbek Doʻsmatovlar ham vaqti kelib akalarining izidan borib jahon ringlarida Oʻzbekiston bayrogʻini yuqori koʻtarishsa.\

Boks. Oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati.

Barcha vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar roʻyxati:

-42 kg

1. Mavlonov Mirali – Buxoro

2. Narziqulov Laziz – Jizzax

3. Bekmurodov Doniyor – Buxoro

3. Usubaliyev Biloliddin – Toshkent viloyati

-44 kg

1. Yoqubov Sunnat – Toshkent shahri

2. Yovbosarov Roʻzimboy – Xorazm

3. Meliboyev Muhammad – Jizzax

3. Yaxshiboyev Baxtiyor – Samarqand

-46 kg

1. Mahmudov Hojiakbar – Fargʻona

2. Nuxriddinov Islomiddin – Toshkent viloyati

3. Doʻsmatov Fayozbek – Andijon

3. Abdurasulov Humoyunmirzo – Fargʻona

-48 kg

1. Avazov Xurshid – Toshkent shahri

2. Noʻmonov Ulugʻbek – Andijon

3. Ergashev Azizbek – Fargʻona

3. Axtamov Qodirbek – Buxoro

-50 kg

1. Madaminov Abdulloh – “Dinamo” jamiyati

2. Abdumalikov Shohrux – Toshkent viloyati

3. Xoliqov Jamoliddin – Surxondaryo

3. Asadov Baxtiyor – Buxoro

-52 kg

1. Abdurasulov Umidullo – Andijon

2. Saidoxunov Mirkomil – Andijon

3. Fayziyev Ilhom – Buxoro

3. Raimov Sardor – Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji (ROZK)

-54 kg

1. Bozorov Daler – Buxoro

2. Boltaboyev Anvar – Xorazm

3. Davlatov Ibratbek – Andijon

3. Zuxrillayev Baxtiyor – Toshkent shahri

-57 kg

1. Imomaliyev Jahonmurod – Andijon

2. Toʻlqinov Lazizbek – Sirdaryo

3. Xidirov Behruz – Toshkent shahri

3. Turdaliyev Husan – Toshkent viloyati

-60 kg

1. Boboyev Asliddin – Toshkent viloyati

2. Abdukarimov Asilbek – Chirchiq OZK

3. Ixvolov Bilolbek – Andijon

3. Turdaliyev Hasan – Toshkent viloyati

-63 kg

1. Erkinboyev Fazliddin – Namangan

2. Nurmuhammedov Qamariddin – Andijon

3. Konsbekov Aman – Navoiy

3. Habibullayev Toʻrabek – Toshkent viloyati

-66 kg

1. Aleuatdinov Muhammadsobir – Toshkent shahri

2. Boltayev Shavkat – Toshkent viloyati

3. Yunusov Muhammad – Buxoro

3. Bekmurodov Bekzod – ROZK

-70 kg

1. Boymatov Raxmatillo – Namangan

2. Bahronqulov Aziz – Samarqand

3. Abdurahmonov Abdulaziz – Andijon

3. Ayubov Alisher – Buxoro

-75 kg

1. Jalolov Samandar – ROZK

2. Mirzajonov Javohir – Toshkent shahri

3. Zoitov Akbar – Toshkent shahri

3. Xoldarov Shoyad – Andijon

-80 kg

1. Muhammadaminov Abdulhafiz – Fargʻona

2. Abdulhafizov Abdulhamid – Toshkent shahri

3. Egamov Umidbek – Xorazm

3. Rejamatov Sobirjon – Toshkent shahri

+80 kg

1. Ahmedov Mirzajon – Namangan

2. Fayzullayev Muhammad – Buxoro

3. Boltaboyev Oʻtkirbek – Xorazm

3. Rixsiboyev Husanboy – Toshkent shahri

Norasmiy umumjamoa hisobida 1-oʻrinni Toshkent shahri jamoasi egalladi. Ular 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza, jami 10 ta medalga egalik qilishdi. Uchta oltin medalga sazovor boʻlgan Namangan viloyati jamoasi 2-oʻrinni band etishgan boʻlsa, kuchli uchlikka andijonlik yosh bokschilar yakun yasab berdi. Ular musobaqada 2ta oltin, 3ta kumush va 5ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Oʻzbekiston chempionati gʻoliblarini taqdirlash marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirining 1-oʻrinbosari Ravshan Ermatov, vazir oʻrinbosari Avazjon Karimov, MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ vitse-prezidenti, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining 1-oʻrinbosari Saken Polatov va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?