Boks bo‘yicha “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
Toshkent harbiy okrugiga qarashli Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda maxsus bo‘linmalar o‘rtasida boks bo‘yicha “Mudofaa vaziri kubogi” chempionati o‘tkazildi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
To‘rt kun davom etgan nufuzli musobaqada charm qo‘lqop ustalari 6 vazn toifasi bo‘yicha bellashdi. Musobaqaning final bahsida 64 kg. vazn toifasida kuch sinashgan Farg‘ona shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchisi Shaxboz Qalandarov mezbon bokschi Dostonbek Nabiyevga imkoniyatni boy berdi. Shiddatkor hujumlar uyushtirgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Hasanboy Muydinjonov (69 kg.) muddatidan oldin muddatli harbiy xizmatchi oddiy askar Muhammadjon Murodovni yengib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askarlar Mirzaolim Ne’matjonov (75 kg.), Islombek Mo‘minov (81 kg.), G‘iyos Fozilov (91 kg.gacha) hamda Sherzod Rasulov (+91 kg.) o‘z vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotlashdi.
Turnir yakunida g‘olib va sovrindorlarga medallar hamda Mudofaa vaziri nomidan faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi. Umumjamoa hisobida g‘oliblik esa 4 oltin medal jamg‘argan Sirdaryo viloyatidagi harbiy qism harbiy xizmatchilariga nasib etdi. Harbiy jamoa “Mudofaa vaziri kubogi” bilan taqdirlandi.
Chempionat doirasida Mudofaa vazirligi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi, vazirlik sport klubi sportchi va musobaqa ishtirokchilari birinchi o‘zbek jahon chempioni, faxriy bokschi Rufat Risqiyev uyiga borishdi.
O‘zbek degan nomni dunyoga tanitgan va “O‘zbek yo‘lbarsi” deya e’tirof etilgan jahon chempioni Rufat Risqiyev bilan harbiylar bir dasturxon atrofida samimiy suhbat qurishdi. Bundan bir necha oy muqaddam og‘ir xastalikka uchragan faxriy bokschi mehmonlarga tarixiy g‘alabalarini, o‘tgan asrning murakkab sharoitlarda, ayniqsa, o‘zbek sportchilarining nufuzli musobaqalarda ishtirok etishi, o‘sishiga qo‘yilgan to‘sqinliklar davrida boshidan o‘tkazgan voqealarni so‘zlab berdi.
Tashrif yakunida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan Rufat Risqiyevga moddiy yordam ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari ulashildi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: