Bo‘kada avtohalokat natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi va besh nafari jarohat oldi

09:47 04 Iyun 2018 Jamiyat
976 0
Illyustrativ foto

Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan mudhish avtohalokat natijasida bir necha shaxslar vafot etdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 2 iyun kuni Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi, A.B. o‘zining boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasini “Ohangaron-Bo‘ka-Guliston” yo‘lining 71-km.da haydab ketayotib shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib yo‘lning chap tomoniga burilayotgan Bo‘ka tumanida yashovchi, Sh.S. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasining chap yon tomoniga urilib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Damas” avtomashinasining bir nafar yo‘lovchisi, jarohat olib voqea joyida va uch nafar yo‘lovchisi esa kasalxonaga keltirilganlarida vafot etgan. Shuningdek “Damas” avtomashinasi haydovchisi, Sh.S. va uning to‘rt nafar qolgan yo‘lovchilari, jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?