Boʻkada 300 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan taʼminlandi

20:16 23 May 2020 Iqtisodiyot
306 0

Muborak Ramazon hayiti arafasida Boʻka shahrida bir qator koʻrkam binolar foydalanishga topshirildi. Toʻliq qayta taʼmirlangan tuman markazidagi tibbiyot birlashmasida bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Toʻrt qavatli binoda 20 oʻrinli jarrohlik, 75 oʻrinli tugʻuruq boʻlimi, 60 oʻrinli terapiya va 30 oʻrinli shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimlari mavjud. Taʼmirdan soʻng ushbu shifo maskanining ish faoliyati yana-da kengayganligi qayd etilmoqda. Shunga koʻra, hozirda bu yerda 147 nafar vrach, 916 nafar hamshira va 256 nafar kichik tibbiy xodimlar mehnat qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi

Shu kuni tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi yangi binosining ham foydalanishga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻtgan yilning iyul oyida qurilishi boshlangan markaz binosiga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamgʻarmasi hisobidan jami 1 mlrd. 200 mln. soʻm mablagʻ sarflandi.

“Katta ravot” MFY hududida esa, umumiy qiymati 700 miln. soʻmlik “Katta ravot baraka chevarlari” tikuvchilik korxonasi ish boshladi. Xorijdan keltirilgan dastgohlarda mehnat qilayotgan mahalla chevarlari bu yerdagi sharoitdan nihoyatda mavnun.

Toshkent viloyat hokimligi Axborot xizmatining xabariga koʻra, korxonada 10 turdagi kiyim-kechaklar va tibbiyot niqoblari tayyorlash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 30 foizini ichki bozorga, qolgan qismini esa eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

“Katta ravot baraka chevarlari” tikuvchilik korxonasining ish boshlashi tufayli tumandagi “Katta ravot”, “Oʻrta tepa”, “Ravot” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida istiqomat qiluvchi 300 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan taʼminlandi.

Shodiyor MUTAHAROV,

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?