Boysundagi 46-umumtaʼlim maktabining eski korpusi foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan mi?

16:04 12 Oktyabr 2019 Jamiyat
175 0

Surxondaryo viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi joriy yilning 9-oktyabr kuni “Facebook” ijtimoiy tarmogʻida Xolmuxammad Togʻaymurod muallifligidagi “Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 46-umumtaʼlim maktabining eski korpusi foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan” mavzusida chop etilgan murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ushbu murojaat viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi va Boysun tumani xalq taʼlimi boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi 46-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari ishtirokida oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida Boysun tumanidagi 46-sonli maktabining oʻquv binosi 180 oʻringa moʻljallanganligi, bugungi kunda ushbu maktabda 431 nafar oʻquvchilar tahsil olib kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, maqolada keltirilgan fotosuratlarda 46-sonli maktabning 120 oʻrinli 1973-yilda qurilgan eski binosi aks ettirilgan boʻlib, ushbu bino 2016-yilda viloyat DAQNIning 184 t/x-sonli xulosasi va tuman hokimligining 2016-yil 23-avgustdagi 67-F-sonli farmoyishiga asosan foydalanishga yaroqsiz deb topilib yopib qoʻyilgan.

Oʻrganish davomida, tumandagi 46-sonli maktabga yaqin xududda joylashgan 200 oʻrinli Boysun Transport va aloqa kasb-hunar kolleji binosi Boysun tumani xalq taʼlimi boʻlimi ixtiyoriga oʻtkazilib, yangi 62-sonli umumtaʼlim maktabi sifatida faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi, ushbu maktabda hozirda 131 nafar oʻquvchi taʼlim tarbiya olib kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek 46-sonli umumtaʼlim maktabida 62-sonli maktab mikrouchastkasi hududidan qatnab oʻqiyotgan oʻquvchilarni mazkur maktabga qamrab olish orqali 46-sonli maktab navbatlilik koeffitsiyentini meʼyor darajasiga keltirish imkoni mavjudligi va ushbu maktabdagi, yaroqsiz binoda dars mashgʻulotlari tashkil etishga hojat yoʻqligi aniqlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?