Boysunda “Kamaz” 5 kishini bosib ketdi

11:16 27 Avgust 2018 Jamiyat
412 0
Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 24 avgust kuni Qiziriq tumanida yashovchi B.Yu.ga tegishli “KAMAZ-5410” rusumli yuk avtomashinasi Boysun tumani hududidagi balandlikda turgan vaqtida toʻsatdan yurib ketib, shu yerda boʻlgan O.E., J.S., M.Oʻ., N.A. va E.E.ni bosib ketgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada ulardan uch nafari jarohat olib voqea joyida vafot etgan, yana ikki nafari esa tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?