Boysunda avtohalokat natijasida 2 nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi

15:54 30 May 2018 Jamiyat
603 0

29 may kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Termiz shahrida yashovchi A.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasini Boysun tumani “Mustaqillik” MFY hududida haydab ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan A.Z. boshqaruvidagi “LABO” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “LABO” avtomashinasi haydovchisi A.Z. va uning yo‘lovchilari N.Z. ismli ayol hamda uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 2 nafar voyaga yetmagan bola vafot etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?