Boysun va Qumqoʻrgʻon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

10:59 20 Sentyabr 2019 Jamiyat
827 0

Kecha Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi. Unda viloyat hokimi Toʻra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Toʻrayev Oʻktam Ismoilovich boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Boysun tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Shu kungacha Sariosiyo tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Joʻrayev Asqarali Choriyevich Boysun tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Joʻrayev Asqarali Choriyevich 1972-yilning 17-martida Denov tumanida tugʻilgan. 1994-yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2016-yilda Sariosiyo tumani hokimi etib tayinlangunga qadar, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shu kuni Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi. Unda viloyat hokimi Toʻra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Choriyev Normoʻmin Omonovich boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Qumqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Shu kungacha viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Gapparov Rahmatullo Boboxonovich Qumqoʻrgʻon tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Gapparov Rahmatullo Boboxonovich 1984-yilning 24-mayida Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2005-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan. 2018-yilda Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangunga qadar, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?