Bogʻotda yangi nodavlat bolalar bogʻchasi foydalanishga topshirildi

14:55 04 Iyul 2019 Jamiyat
165 0

Xorazm viloyatining Bogʻot tumanidagi“Ashxobod” mahallasida 120 oʻringa moʻljallangan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda maktabgacha taʼlim muassasalarini tubdan isloh qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi muassasalar tashkil etish va bolalar qamrovini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar keltirayotgani taʼkidlandi.

Yangi muassasada taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dastur va texnologiyalarni tatbiq etish, beshta muhim tashabbus doirasida bolajonlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash uchun barcha sharoit yaratilgan.

Bogʻot tumanida bogʻcha yoshidagi bolalar soni 12 ming 881 nafar boʻlib, bugungi kunda ularning 35 foizi maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olingan. Yil yakunigacha 5 ta davlat, 10 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 27 ta oilaviy maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshirilib, yana 2475 nafar oʻgʻil-qizlar taʼlim muassasalariga jalb etiladi.

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?