#BoburDay heshtegi internetda keng targʻib qilinmoqda

16:15 14 Fevral 2019 Jamiyat
234 0

14 fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi koʻmagida tashkil etilgan maydoncha bu borada muhim ahamiyat kasb etyapti.

Ushbu hududda tashkil etilgan tadbirda taniqli sanʼatkorlar, kino va teatr aktyorlari, sportchilar hamda koʻplab yurtdoshlarimiz faol qatnashmoqda. Ishtirokchilar bu yerda buyuk siymo — Mirzo Bobur tavallud kuniga bagʻishlab oʻrnatilgan maxsus bannerlar, dekoratsiya va illyustratsiyalar atrofida suratga tushib, oʻz munosabatini onlayn tizimda turli ijtimoiy tarmoqlarda aks ettiryapti.

Aytish joizki, #BoburDay xesh-tegi internet foydalanuvchilari oʻrtasida ulugʻ allomaning hayoti va ijodi haqida oʻzaro muloqot qilishlari hamda fikr almashishlariga ham imkoniyat yaratmoqda.

Aksiya bugun 17:00 ga qadar davom etadi.

Muhammadjon AHMADJONOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?