Bobousmon Baturov Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma oldi

17:58 08 Mart 2020 Sport
421 0

Foto: МОҚ матбуот хизмати

Iordaniya poytaxtida davom etayotgan boks boʻyicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi turnir davom etmoqda. Biroz avval hamyurtimiz Bobousmon Baturov (-69 kg) chorak final jangini yakunladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Xitoylik Kiong Yersunga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz uch raund davom etgan bellashuvda ustunligini namoyish qildi va bahsni oʻz foydasiga hal qildi. Eng asosiysi, ushbu gʻalaba Baturovga Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini taqdim qildi.

Musobaqa reglamentiga koʻra -69 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 5 ta kvota oʻynalmoqda. Demak, yarim final final yoʻllanmasi jizzaxlik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.

Shu tariqa delegatsiyamizning Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritgan yoʻllanmalari soni 15 taga yetdi. Bugun Olimpiada litsenziyalari uchun ringga koʻtariladigan yana 4 nafar bokschimizga ham mana shunday gʻalabalar yor boʻlishini tilab qolamiz” — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu vazn toifasida yurtimiz shaʼni uchun kurashishda ikkita asosiy nomzod – Bobousmon Baturov va Shahram Gʻiyosov edi. Yopiq eshiklar ostida oʻtgan oʻzaro jangdan keyin murabbiylar shtabi Baturovni saralash turniriga olib borishdi va u oʻziga bildirilgan ishonchni oqladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?