BMTTD MIBga 1000 dona zamonaviy kompyuter va boshqa dasturiy vositalar taqdim etdi

15:32 07 Fevral 2019 Jamiyat
319 0

Illyustrativ surat

Yaqinda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida Byuro rahbariyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi vakillari bilan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda BMTning Taraqqiyot Dasturining doimiy vakili vazifasini bajaruvchi F.Karaxanov, Byuroning masʼul xodimlari, BMTning Taraqqiyot Dasturi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv doirasida Byuroga amaliy koʻmak sifatida berilayotgan kompyuter texnikasi va boshqa dasturiy vositalarning taqdimoti boʻlib oʻtdi va qabul qilish jarayoni ommaviy axborot vositalari ishtirokida amalga oshirildi.

Taʼkidlash kerakki, 1000 dona zamonaviy kompyuter va boshqa dasturiy vositalar Byuroga BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Adliya vazirligining “Oʻzbekistondagi samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash” boʻyicha hamkorlikdagi loyihasi asosida taqdim etildi.

Koʻrsatilgan amaliy koʻmak Byuro tomonidan ijro hujjatlarining avtomatlashtirish va raqamlash tizimi hisobotini yuritish hamda mablagʻlarni undirish jarayonida moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, davlat interaktiv xizmatlarini kengaytirish, davlat organlari, banklar va boshqa masʼul idoralar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, tadbir doirasida BMTning Taraqqiyot Dasturi vakillari Byuroning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Yigʻilish yakunida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek samarali, hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha kelishib oldilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?