BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ga yangi bosh direktor saylandi

Xitoy vakili Syuy Dunyuy BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning yangi bosh direktori etib saylandi. FAOning Bosh qarorgohida oʻtkazilgan navbatdagi saylovda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmatidan xabar qilishicha, avval Xitoyning qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan Syuy Dunyuy birinchi turda yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanib, 191 ovozdan 108 ovoz olishga erishdi.
FAOning yangi bosh direktori Syuy Dunyuy 2011-yildan beri tashkilotni boshqarib kelayotgan braziliyalik Xose Graziano da Silvaning oʻrnini egallaydi. U shu yilning 1-avgustidan oʻz vazifasini bajarishga kirishadi.
FAO ning 1945-yilda tashkil etilganidan shu vaqtga qadar uning bosh direktorlari Buyuk Britaniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari (ikki marta), Hindiston, Niderlandiya, Livan, Senegal va Braziliyadan saylangan.
Oʻzbekiston FAOga 2001-yilda aʼzo boʻlgan. 2014-yilda FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ochilishi va sheriklik toʻgʻrisidagi yangi kelishuv imzolanishi bilan mazkur hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: