BMT yadro quroli bilan bogʻliq mojaro xavfi haqida ogohlantirdi

17:18 23 May 2019 Dunyo
543 0

Illyustrativ foto

Yadro qurollari bilan bogʻliq qarama-qarshiliklar sodir boʻlishi ehtimoli ancha yuqori, deb xabar berdi Independent nashri Birlashgan Millatlar Tashkiloti eksperti fikrlariga asoslanib.

BMT qurol-yarogʻni taqiqlash boʻyicha ilmiy-izlanish instituti direktori Renata Dvan Jenevada muxbirlar bilan boʻlgan suhbatda AQSH va Xitoy oʻrtasidagi strategik musobaqa tufayli qurol-yarogʻni nazorat qilish hududi oʻzgarib ketayotgani haqida gapirdi.

— Fikrimcha, bu mavzu aniq diqqat-eʼtiborni talab qiladi, - dedi u. Ammo hatto OAV ham atom xavfining har qachongidan yuqori ekani haqida yetarlicha maʼlumot bermayapti. Atom tahdidi shunchalikki, uni ikkinchi jahon urushi va undan keyingi hech qaysi davr bilan taqqoslab boʻlmaydi. Joiz boʻlsa, buni favqulodda yechim topilishi kerak boʻlgan muammo deb atash ham mumkin.

Ayni paytda oʻta zamonaviy urush turlari vujudga kela boshlashi bilan yangi texnologiyalar, innovatsion qurollar ham koʻpaya boshladi. Shunga qaramay, oʻtgan ikki yil davomida 122 davlatda atom qurollari taqiqlanishiga erishilgan.

Bugungacha ayrim hududlar, masalan, Janubiy Amerika mintaqasi, Avstriya, Tailand, Vyetnam va Meksikada atom qurolidan voz kechish boʻyicha tegishli hujjatlar qabul qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?