BMT Taraqqiyot Dasturi Namanganda kichik biznes rivojiga koʻmaklashmoqda

18:05 19 Sentyabr 2019 Jamiyat
94 0

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska hamda Finlyandiyaning Markaziy Osiyo davlatlaridagi elchisi Mariya Elina Liivala Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda BMT Taraqqiyot Dasturining rahbarligida olib borilayotgan “Savdo rivojlanishiga koʻmaklashish“ loyihasi doirasida hududda olib borilayotgan ishlar xususida fikr almashildi. Hozirgi kunga qadar ushbu loyiha doirasida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, tekstil, jun mahsulotlari, charm mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligida innovatsiyalarni tadbiq qilish boʻyicha umumiy qiymati 385 ming AQSH dollariga teng 15 ta namunaviy kichik biznes loyiha amalga oshirilgani qayd etildi.

Finlyandiya elchisi Liivala xonim bilan Namangan viloyati iqtisodiyotida ushbu mamlakat biznesining ishtirokini yoʻlga qoʻyish borasida istiqbolli yoʻnalishlar yuzasidan muhokama oʻtkazildi.

Mehmonlar tashrif dasturi doirasida viloyat Savdo-sanoat palatasiga ham borishdi, shuningdek, viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarini takomillashtirish boʻyicha yangi loyihalar bilan tanishdilar.

Qudratilla NAJMIDDINOV(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?