BMT sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi

09:03 27 Noyabr 2018 Siyosat
686 0

Foto: parliamentrk.gov.uz

26 noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun rahbarligidagi delegatsiyani qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosari A. Xamrayev mehmonlarni respublikamizga tashrifi bilan samimiy qutlab, oʻlkamizning geografik joylashuvi, aholisi, maʼmuriy boshqaruv tuzilmasi, tabiiy boyliklari, shuningdek Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, mustaqillik yillarida koʻplab rivojlangan davlatlar qatorida Janubiy Koreya bilan ham har tomonlama aloqalar yaxshi yoʻlga qoʻyilganligini va bu aloqalar bugungi kun yangi bosqichga koʻtarilganligini taʼkidlab oʻtdi.

Oʻz navbatida Pan Gi Mun respublikamizdagi oʻzgarishlar bilan yangilanishlarga yuqori baho berib, ushbu hududning ekologik sharoitini yaxshilash yoʻlida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarga oʻz hissasini qoʻshishini aytdi va samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor qildi.

Maʼlumot uchun, ertaga, yaʼni 27 noyabr kuni Nukus shahrida “Orolbuyi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash masalasi va bu jarayonda koreys diasporasining roli” mavzusida xalqaro forum oʻtkaziladi. Shuningdek, “Turon” stadionida qoraqalpogʻistonlik hamda koreyalik madaniyat va sport sohasi vakillarining ishtirokida tadbirlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?