BMT: Qamoqxonada ayollar soni koʻpaymoqda

13:45 18 Iyul 2020 Dunyo
380 0

Dunyodagi mahbuslarning 7 foizini ayollar tashkil etadi. Ammo ularning soni qamoqdagi erkaklarnikiga nisbatan tezroq oʻsmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari idorasining dala operatsiyalari va texnik hamkorlik boʻlimi direktori Jorjet Ganyon maʼlum qildi

Uning soʻzlariga koʻra, qamoqxonadagi ayollar sonining koʻpayishi jinoyatchilikning koʻpayishi bilan emas, balki “baʼzi davlatlar hokimiyat idoralarining notoʻgʻri siyosiy qarorlari” bilan bogʻliq.

Yana bir muhim masala - bu qamoqxonalarning toʻlib-toshishi. Kamida 114 mamlakatda mahbuslar soni rasmiy imkoniyatlardan oshib ketadi va 92 mamlakatda qamoqxonalar 100 dan 200 foizgacha toʻlgan.

Dunyoda 714 mingga yaqin ayollar va qizlar qamoqda oʻtiribdi. 2000-yildan beri qamoqdagi ayollar va qizlar soni 53 foizga, erkaklar soni esa 20 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?