BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining 32-hududiy konferensiyasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi

01:51 24 Iyun 2019 Jamiyat
377 0

23-iyun kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) 41-sessiyasi oldidan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda tashkilotning Yevropa uchun 32-hududiy konferensiyasi Oʻzbekistonda oʻtkazilishiga doir tashabbus FAO hamda 51 ta Yevropa va Osiyo mamlakatlari Qishloq xoʻjaligi vazirlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur konferensiya 2020-yilning 5-7-may kunlari Oʻzbekistonda, Markaziy Osiyo davlatlarida orasida ilk marotaba oʻtkaziladi.

FAOning strategik maqsadlari ochlikka qarshi kurash, qishloq xoʻjaligi, oʻrmonchilik va baliqchilikning hosildorlik va barqarorligini oshirish, qishloq hududlarida qashshoqlikni kamaytirishga hissa qoʻshishdir.

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya turli mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Misr, Koreya, Ukraina, Qozogʻiston, AQSH, Chili singari mamlakatlar qishloq xoʻjaligi vazirlari va boshqa rasmiy doira vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Konferensiya doirasidagi uchrashuvlarda FAOning Oʻzbekistondagi yangi loyihalarini amalga oshirishga kelishib olinmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?