BMT: O‘zbekiston meva-sabzavot yetishtirishda Polshaga jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin

19:13 05 Iyul 2018 Iqtisodiyot
534 0
Foto: Sputnik

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti(FAO) investitsiya bo‘limi iqtisodchisi Andrey Yarmak meva va sabzavot ishlab chiqarish bobidagi Sharqiy Yevropa mamlakatlarining asosiy raqobatchilari haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Moldova, Ukraina va O‘zbekiston – Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan meva va sabzavot yetishtirib beruvchilaridir. O‘zbekiston uzoqda joylashgan bo‘lsa-da, u bir qator jabhalarda Polshaga jiddiy xavotir solishi mumkin, sababi bir necha yil o‘tib u ko‘plab gilos va muzlatilgan sabzavotlarni eksport qilishni boshlaydi. U, shuningdek, Sharqiy Rossiyani arzon olmalar bilan ta’minlaydi va bu Yevropadan keladigan olmalarga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatadi”, - deydi ekspert Polshaning sadyogrody.pl portaliga bergan intervyusida.

Shuningdek, Yarmakning fikricha Rossiya, xususan, to‘liq avtomatlashtirilgan holda sabzavot(piyoz, sabzi, qizil lavlagi va kartoshka) yetishtirishda Polshaga raqobatchiga aylanishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?