BMT: “Oʻzbekiston aholisi 2058-yilga borib qariyb 50 millionga yetishi kutilyapti”

Foto: Dinara Chirkova/“Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston aholisi 2058-yilga borib salkam 50 million kishiga yetadi. Bu haqda BMT tomonidan taqdim etilgan demografiyaga oid maʼruzada maʼlum qilindi.
Nekbin prognozga koʻra, 2057-2058-yillarda Oʻzbekistonda qariyb 50 mln. inson yashaydi, 2100-yilga kelib ularning soni 65 mln. nafarga yetishi mumkin.
Tahlilchilar voqealar noqulay rivojlanishi sharoitida Oʻzbekiston aholisi soni XXI asrning oʻrtalariga kelib eng yuqori nuqtasi(39 mln.)ga yetib, soʻngra ushbu koʻrsatkich pasayib borishini bildirishgan. Yuz yillikning soʻngida Oʻzbekistonda hatto hozirgidagiga nisbatan 7 mln. kam inson yashaydi. 2050-yilga borib aholining oʻrtacha soni 43 mln., asr oxiriga borib 35-37 mln. kishiga tushib qoladi. Bu kabi demografik tendensiyalar qoʻshni Tojikistonda ham kuzatilyapti. Maʼruzaga koʻra, pessimistik nisbatda yuz yillikning soʻngida ushbu davlat aholisi bugungidagiga nisbatan ikki barobar koʻpayadi, eng optimistik prognozlar boʻyicha esa 2100-yilga kelib hatto 51 mln.ga yetishi mumkin.
BMT taxminlariga koʻra, yaqin 30 yilda sayyoramiz aholisi 2 mlrd. insonga koʻpayadi va 2050-yilga kelib dunyo nufusi 9,7 mlrd.ga yetadi. Yaqin oʻttiz yillikda bu boradagi oʻsishning 50 foizi jahondagi toʻqqizta davlat — Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Tanzaniya, Indoneziya, Misr va AQSH hissasiga toʻgʻri keladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: