BMT mutaxassisi: Amerikaliklar koronavirusni 2015-yilda yaratishgan

16:07 18 Mart 2020 Dunyo
6610 0

BMTning bakteriologik qurollar boʻyicha sobiq xodimi, mutaxassis Igor Nikulin Xitoyda keng tarqalgan va COVID-19 nomini olgan koronavirusning yangi turi AQSH olimlari tomonidan 2015-yilda yaratilganligini taʼkidlamoqda.

Ekspertning qayd etishicha, Vashington Pekinga qarshi axborot urushi uyushtirgani bois yangi koronavirus “xitoy virusi“ deb nomlangan. Va bu holat “har qanday yomon narsa aynan Xitoydan kelib chiqadi” degan mamlakat imijini yaratish uchun ataylab qilingan. Oʻz navbatida, Pekin ham koronavirusning kelib chiqishida AQSHni ayblamoqda.

Nikulinning soʻzlariga qaraganda, virus tarqalishidan oldin AQSH konsulligi joylashgan Uxan hududida yangi virusning tarkibiy qismlari boʻlishi mumkin boʻlgan “bakteriologik xavf“ yozuvi qayd etilgan boʻsh idishlar topilgan. Shu asosda XXRning AQSHdan tegishli savollarni oshkor qilish haqidagi qarori mutlaqo toʻgʻri boʻlib koʻrinmoqda.

Mutaxassis AQSHda koronavirusga qarshi birinchi vaksinani yaratish haqidagi yangiliklarning paydo boʻlishini esa mantiqiy deb atamoqda. Axir virus yaratilgan joyda u bilan qanday kurashish kerakligi ham oʻylab topilgan boʻladi.

Igor Nikulin, shuningdek, “Nature” jurnalida 2015-yil nashr etilgan koronavirusni modifikatsiyalash boʻyicha muvaffaqiyatli AQSH tajribasi tasvirlangan, uning tashuvchisi sifatida esa Xitoy koʻrshapalaklari qayd etilgan maqolani ham eslatib oʻtdi. Oʻshanda olimlar kasallikning hayvonlar ishtirokisiz odamlar orasida tarqalishiga erishishgan, ammo bu juda xavfli tajriba deb yozilgan edi.

Oʻsha yilning avgust oyida koronavirus modifikatsiyasi laboratoriyasida qandaydir voqea sodir boʻladi. Bino yopiladi va “The New York Times” gazetasi AQSHda 215 kishiga taʼsir koʻrsatgan gʻalati epidemiya haqida xabar tarqatadi. Ikki hafta ichida bemorlarning soni 500 dan ortadi va bu holat Oq Uyda favqulodda yigʻilish oʻtkazilishiga sabab boʻladi. Baʼzi yuqtirganlar, jumladan, AQSH harbiylari vafot etadi.

Yuqoridagi dalil va faktlarga asoslangan holda mutaxassis Vashingtonni yuz bergan voqealar haqida haqiqatni gapirishga chaqirmoqda, ammo yangi virus AQSHda paydo boʻlganligi allaqachon ayon boʻldi, deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?