BMT koronavirus epidemiyasining ikkinchi toʻlqinining oldini olish yoʻlini maʼlum qildi

22:12 08 May 2020 Dunyo
487 0

Аrxiv foto

Koronavirus epidemiyasining ikkinchi toʻlqinining oldini olish uchun kambagʻal mamlakatlarda uning tarqalishini toʻxtatish kerak.

Bu haqda BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari Mark Loukok maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, agar AQSH va Yevropa davlatlari qashshoq mamlakatlarga yordam bermasa, dunyo koronavirus infeksiyasining yangi zarbasiga duch keladi va virus AQSH, Yevropa va boshqa gʻarbiy davlatlariga yana qaytadi.

Loukok, shuningdek, agar hozir hech qanday chora koʻrilmasa, turli mojarolar, ochlik va qashshoqlikning keskin koʻpayishiga tayyor boʻlish kerakligi haqida ham ogohlantirdi.

Avvalroq BMT dunyodagi 37 ta qashshoq davlatga koronavirus bilan kurashishda yordam berish uchun 1 milliard dollar miqdorida mablagʻ ajratganini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?