BMT insoniyatni yangi pandemiyadan ogohlantirdi

21:10 09 Sentyabr 2020 Dunyo
623 0

BMT dunyo yangi global pandemiyaga duch kelishi mumkinligini maʼlum qildi.

Taxminlarga koʻra, joriy yil oxiriga qadar 130 milliondan ortiq odam ochlik muammosi bilan yuzlashadi, rivojlangan mamlakatlarda esa aksincha, semirish juda katta xavf tugʻdiradi.

Taʼkidlanishicha, koronavirus pandemiyasi davrida dunyodagi aksariyat odamlar sogʻlom ovqat isteʼmol qilishni toʻxtatishgan holda zararli oziq-ovqat, xususan, tezpishar taomlarga eʼtibor qaratishgan.

Bu kabi holat, mutaxassislarning taʼkidlashicha, daromadlarini yoʻqotgan va shu bois ham pullarini tejashga majbur boʻlganlar orasida qayd etilgan.

BMT maʼlumotlariga qaraganda, hozirda ortiqcha vaznga ega odamlar soni ochlikdan aziyat chekayotganlar sonidan ancha koʻp. Vaholanki, statistikaga koʻra, dunyo boʻylab uch milliardga yaqin aholi ayni payda oʻzini sogʻlom ovqat bilan taʼminlay olmaydi, bu esa oʻz navbatida, ortiqcha vazn paydo boʻlishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Shu bois tashkilot semirib ketgan odamlar diabet, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklarga koʻproq moyilligini taʼkidlab, muammoning oldini olish uchun tegishli choralar koʻrish zarurligiga eʼtibor qaratmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?