BMT dunyo milliarderlaridan yordam soʻradi

22:53 19 Sentyabr 2020 Dunyo
451 0

BMTning oziq-ovqat ishlari boʻyicha rahbari Devid Bisli milliarderlarni dunyo boʻylab bu yil ochlikdan oʻlish xavfi ostida boʻlgan 30 million kishini qutqarishda yordam berishga chaqirdi.

“Muhtojlarni bir yil davomida boqish uchun tashkilotga 4,9 milliard dollar kerak. Dunyo boʻylab boyliklari 8 trillion dollarga teng boʻlgan ikki mingdan ortiq milliarderlar bor”, – deydi Bisli.

“Ularning baʼzilari pandemiya paytida milliardlab pul ishlab topdi. Men ularning boyliklari oʻsishiga qarshi emasman, lekin insoniyat eng katta inqirozga yuz tutmoqda “, deya qoʻshimcha qildi u.

BMTning oziq-ovqat masalalari boʻyicha rahbari ochlik toʻlqini hali ham dunyoni qamrab olish bilan tahdid qilayotganini aytib, hukumatlar va xususiy biznesni saʼy-harakatlarini kuchaytirishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?