BMT Bosh kotibi Suriyadagi qarama-qarshilikni tartibga solishda yangi yo’llarni qidirishga chaqirdi

18:35 25 Aprel 2018 Dunyo
504 0
Foto: belvpo.com

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyo hamjamiyatini Suriyadagi qarama-qarshilikni tartibga solishda yangi yo’llarni qidirishga chaqirdi. Bu haqda u Bryussel shahrida Suriya Arab Respublikasi bo’yicha ikkinchi donorlik anjumani ishtirokchilariga qilgan videomurojaatida aytib o’tdi.

“Men qarama-qarshilikning siyosiy echimi bo’yicha o’sishga erishish uchun yangi yo’llarni topish maqsadida xalqaro hamjamiyat bilan ishlayman... Qarama-qarshilikning harbiy echimi yo’q, echim siyosiy bo’lishi kerak”, — deydi Bosh kotib.

Uning so’zlariga qaraganda, Suriyadagi hozirga holat xalqaro xavfsizlikka katta tahdid solayapti. Bundan tashqari, ushbu respublikaning 13 milliondan ortiq aholisi umidsiz sharoitda yashamoqda, yana qariyb 6 million kishi o’z vatanini tark etgan, ular qachon ortga qaytishini bilmaydi.

Eslatib o’tamiz, Suriyada terrorchilarni yo’q qilish amaliyoti deyarli yakuniga etgan paytda, AQSh, Buyuk Britaniya va Frantsiya mamlakat hududiga hujum uyushtirdi. Bunga Duma shahrida amalga oshirilgan kimyoviy hujumga javob sifatida izoh berildi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?