BMT Bosh kotibi: “Sovuq urush” qaytib keldi”

11:14 23 Aprel 2018 Dunyo
494 0
Foto: ANNA News

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Gutterish dunyoda ikkita bir xil nazorat qilinadigan blok boshqa yo‘qligini qayd etib o‘tdi. U jahon yana “sovuq urush” holatida ekanligi to‘g‘risida fikr bildirdi.
“Bir narsa aniq, “sovuq urush” qaytib keldi. Lekin ilgari bo‘lgan narsa bilan hozirgi vaziyat o‘rtasida farq bor. Endi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiya o‘sha paytda bo‘lgani kabi hammani nazorat qilmayapti”, — dedi u “SVT” telekanaliga bergan intervyusida.

Bosh kotib ayni paytda Yaqin Sharqda ko‘p davlatlar faollik ko‘rsatayotganini qayd etdi. Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqalar shular jumlasidandir. Shuning uchun ikkita bir xil nazorat qilinadigan blok yo‘q.

“Oldingi “sovuq urush”i paytida agar qarama-qarshilik xavfi yuzaga kelganda vaziyat qo‘ldan chiqib ketmasligiga kafolat berish uchun muloqot, nazorat va aloqa funksiyalari mavjud edi. Endi bunday mexanizmlar boshqa yo‘q”, — dedi Gutterish. 
Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh kotibi bundan oldin ushbu tashkilot Xavfsizlik Kengashi bugun shunchalik tarqoq bo‘lib qolgani oqibatida dunyodagi muammolarni hal etishga qodir emasligini bildirgandi. Va Xavfsizlik Kengashi isloh qilinishga muhtoj ekanligiga urg‘u bergandi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?