BMT Bosh kotibi pandemiya davrida dunyo duch kelgan 3 asosiy xavfni maʼlum qildi

00:13 14 Avgust 2020 Dunyo
566 0

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh pandemiya davrida dunyo duch kelgan uchta asosiy xavfni maʼlum qildi.

“Ufqqa qarab, uchta asosiy xavfni koʻrmoqdaman”, deydi Guterresh.

Uning soʻzlariga koʻra, birinchidan, odamlar hukumatlarga va jamoat institutlariga ishonchni yoʻqotmoqda. Ikkinchidan, global iqtisodiy tartib buzilmoqda, shu jumladan, inqiroz tufayli tengsizlik holati tobora kuchaymoqda. Uchinchidan, koronavirus repressiyani oqlash uchun ishlatilmoqda.

Bosh kotibning alohida qayd etishicha, inqirozni bartaraf etish uchun kompleks yondashuv zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?