BMT Bosh kotibi Instagramʼda yangi ochgan sahifasida Orol fojiasi haqida fikr bildirdi

11:37 21 May 2019 Jamiyat
386 0

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Instagramʼda oʻz sahifasini ochdi va foydalanuvchilarga Orol suratlarini ham koʻrsatdi.

“Ikki yil oldin Orol dengiziga tashrif buyurib, zamonamizning eng yirik ekologik halokatlaridan birining guvohiga aylangandim. Orol dengizi kattaligi boʻyicha qachonlardir dunyodagi toʻrtinchi koʻl edi va uning bir necha oʻn yil ichida asta-sekin qurib borishi mintaqa hukumatlari hamda jamoatchiligi uchun qator muammolarni keltirib chiqardi. Mening safarim sayyoramizga nisbatan eʼtiborsizlikning fojiaviy asoratlarini eslatib qoʻydi, biroq men oqilona qoʻllab-quvvatlash yordamida jamoatchilik ushbu holatni oʻzgartira olishi mumkinligiga ham shohid boʻldim”, - deb yozadi Bosh kotib Instagramʼda.

Ayni paytda Guterrishning yangi akkauntida koʻplab fotosuratlar bor, obunachilari soni esa 42 ming nafarga yetgan.

Eslatib oʻtamiz, Antonio Gutterish joriy yil sentyabr oyida oʻtkazilgan BMTning 73-assambleyasida Markaziy Osiyodagi zamonaviy siyosiy jarayonlarda Oʻzbekiston muhim rol oʻynashini alohida taʼkidlagan edi.

U Oʻzbekistonda yangi siyosiy hokimiyat yuzaga kelganidan soʻng Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlik mustahkamlanganiga bevosita va shaxsan guvoh boʻlgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?