BMT 19 mamlakatda koronavirus boʻyicha oʻlim koʻrsatkichlarining turlichaligiga izoh berdi

21:05 28 Iyul 2020 Dunyo
351 0

Koronavirusdan oʻlim darajasi havo sifatiga bogʻliq. BMTning pandemiyaning katta shaharlardagi hayotga taʼsiri toʻgʻrisidagi hisobotiga koʻra, havoning qattiq ifloslanishi “Covid-19” natijasida sodir boʻladigan oʻlimning koʻpayishiga olib kelishi mumkin.

Shu bois tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterresh iqtisodiyotni toʻliq qamrab olishda “yashil siyosat”ga amal qilishga chaqirmoqda.

“Koʻplab shaharlarda yangi velosiped yoʻllari va piyodalar zonalari yaratildi, bu esa sayohat xavfsizligini hamda havo sifatini yaxshilaydi”, deydi u.

Tashkilot, shuningdek, karantin choralarini bekor qilish jarayonida atrof-muhitni himoya qilish choralari koʻrilmasa, havoni tozalash faqat vaqtinchalik yutuq boʻladi, deb hisoblamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?