Biznesdagi barcha yutuqlar retsepti yolgʻondan iborat yoki biznesmenlar uchun yilning eng yaxshi 20 ta kitobi – Amazon tavsiyasi

15:19 25 Noyabr 2019 Lifestyle
220 0

Amazon internet-doʻkoni 2019-yilda biznes va yetakchilik sohasidagi eng asosiy 20 ta kitob reytingini eʼlon qildi. Xaridorlar tomonidan eng yaxshi bahoga sazovor boʻlgan asarlar mazkur roʻyxatdan joy olgan. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.

1. Super Pumped: The Battle for Uber. Kitob muallifi boʻlgan The New York Times jurnalisti Mayk Ayzek Uber kompaniyasi parvozi va inqirozi tarixi haqida soʻzlab beradi. Bunda uning asoschilaridan biri Trevis Kalanik boshqaruvi paytida ushbu brend oddiy startapdan ulkan korporatsiya darajasigacha yetgani qalamga olingan.

2. The Ride of a Lifetime - Disney bosh direktori Robert Aygerning xotiralari(memuarlari) haqidagi ushbu kitobda rahbarlik va kreativlikdan saboq olish mumkin.

3. The Infinite Game. Liderlik sohasidagi yetuk mutaxassislardan biri Saymon Sinekning doimiy oʻzgaruvchan dunyoda yetakchi boʻlish nimani anglatadi degan savolga javob izlangan.

4. Company of One. Ishbilarmon Pol Jarvisning koʻpchilik odamlar uchun eng yaxshi yoʻl eng buyuk startapni yaratish emas, balki soloprener (xodimlarsiz oʻz biznesini yurituvchi tadbirkor) sifatida barqaror biznes qurish haqidagi kitobi.

5. Digital Minimalism. Jorjtaun universitetining informatika boʻyicha professori Kel Nyuportni “Texnologiyalar Mari Kondosi” deb atashadi. U kitobida inson oʻzining raqamli hayotini qanday qilib toʻgʻri yoʻlga qoʻyishi haqida fikr yuritadi.

6. The Future Is Asian. Xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassis Parag Xanni oʻz kitobida XXI asr Osiyo asri boʻlishini taʼkidlaydi. Aynan ushbu qitʼa biznesdan tortib savdogacha, xullas, barcha sohalarda modalar yaratuvchisiga aylanishini qayd etadi.

7. Girl, Stop Apologizing. Bloger va aniq maqsadni oʻz oldiga qoʻygan spiker Reychel Xollis ayol kishi qanday qilib oʻz qoʻrquvlarini yengib, oʻz salohiyatini namoyon etishi mumkinligi haqida soʻzlaydi.

8. The Making of a Manager. Facebookʼning dizayn boʻyicha vitse-prezidenti Juli Chjoning tez oʻsadigan kompaniyada menejer boʻlishga qaror qilgan, ammo hech qanday tajriba va aniq rejaga ega boʻlmagan insonlar uchun yoʻriqnoma-kitobi.

9. Loonshots. Tadbirkor Safi Bakal qalamiga mansub ushbu kitobda guruh boʻlib ishlash, shuningdek, bu boradagi bilimlardan biznesda va yaxlit industriyani oʻzgartirishda qanday foydalanish boʻyicha yangicha yondashuv oʻz ifodasini topgan. Ushbu kitob ixlosmandlari orasida Bill Geyts, Daniel Kaneman va Tim Ferrislar bor.

10. The 100X Leader. Yozuvchi Jeremi Kubichek va murabbiy Stiv Kokrem Everestga chiqishga yordam beruvchi koʻmakchilar(tashuvchi sherpalar) misolida qanday qilib oʻz liderlik fazilatlari koʻlamini belgilash mumkinligini koʻrsatib beradi.

11. Nine Lies About Work. Sotsiolog Markus Bakingem va Team Intelligence rahbari yozuvchi Eshli Gudboll biznesdagi barcha yutuqlar retsepti va uni boshqarish yolgʻondan iborat ekanligi haqida yozishgan.

12. Range. Surishtiruvchi jurnalist Devid Epshteyning qanday qilib universal koʻnikmalarga ega shaxslar tor ixtisoslashtirilgan dunyoda muvaffaqiyatga erishishi sirlarini ochib beradi.

13. This Is Not a T-Shirt. Illyustrator, dizayner va Hundreds nomli koʻcha kiyimlari brendi asoschisi Bobbi Kim(Bobby Hundreds) oʻz muvaffaqiyati tarixi haqida hikoya qiladi. Unga retsenziya yozganlar esa kitob juda kulgili ekanligini aytishmoqda.

14. Reboot. Venchur moliyachisi va murabbiy Jeri Kolonna oʻz kitobida eng yaxshi yetakchi yoki shunchaki yaxshi insonga qanday qilib aylanish mumkinligini oʻrgatishga vaʼda beradi.

15. Ultralearning. Jurnalistlar Skott Yang va Jeyms Klir oʻz kitobida murakkab koʻnikmalarni oʻzlashtirish va raqobatchilaridan ustunlikka erishish imkonini beradigan 9 ta prinsipni taklif etadi.

16. The Optimistʼs Telescope. Barak Obamaning iqlim boʻyicha sobiq maslahatchisi Bin Ventkataraman koʻpchilik odamlarga xos boʻlgan kaltabinlikni qanday qilib yengib oʻtish va kelajakni yaxshi rejalashtirish boʻyicha kitobi.

17. What It Takes. Blackstone investitsiyaviy guruhi asoschisi va rahbari Stiven Shvarsman muvaffaqiyatli kompaniyani qanday tuzish hamda uni boshqarish haqida.

18. Indistractable. Investor va spiker Nir Eyalning qanday qilib shov-shuvlarga chalgʻishni toʻxtatib, aynan nima muhimligiga eʼtiborni qaratishga bagʻishlangan asari.

19. Stillness Is the Key. Marketolog Rayan Xolidey oʻz kitobida buyuk insonlar – siyosatchilar, sportchilar, gumanistlar misolida qadimiy va buddizm falsafasiga tayangan holda qanday qilib vazminlik, bosiqlik va xotirjamlik bilan samarali hayot hamda karyeraga erishish mumkinligini gapirib beradi.

20. The Man Who Solved the Market. The Wall Street Journal sobiq muxbiri Gregori Sukermanning investor Jim Simmons qanday qilib har yili oʻrtacha(1988-yildan boshlab) 66 foizlik daromadga erishgani haqidagi asari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?