Biznes yuritish uchun eng yaxshi davlatlar eʼlon qilindi. Oʻzbekiston hatto yuztalikka kiritilmagan

10:40 21 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
360 0

Illyustrativ foto

Forbes jurnali bugungi kunda biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlar roʻyxatini eʼlon qildi. Unda Buyuk Britaniya birinchi pogʻonani band etgan. Oʻzbekiston esa reytingda 105-oʻrinni egalladi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya ketma-ket ikkinchi yil mazkur roʻyxatda yetakchi boʻlmoqda. Shuningdek, kuchli uchlikdan Shvetsiya va Gongkong ham joy olgan.

TOP-10da Gollandiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Daniya, Singapur, Avstraliya va Shveysariya kiritilgan.

Qoʻshnilarimizdan Qozogʻiston 65, Qirgʻiziston 108, Tojikiston esa 124 oʻrinda qayd etilgan.

Sobiq Ittifoq davlatlaridan Rossiya 55, Ozarbayjon 70, Ukraina 77, Armaniston - 81, Belarus 88-pogʻonalarda joylashgan.

Shuningdek, roʻyxatda Germaniya 14, AQSH 17, Fransiya 21, Italiya 30 oʻrinni egalladi.

Osiyo davlatlaridan Xitoy-Taypeyi 12, Janubiy Koreya 16, Yaponiya 19, Xitoy 49-pogʻonani band etdi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?