Bitiruvchilar va abituriyentlar diqqatiga!

12:24 11 Fevral 2019 Jamiyat
102 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil10 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi 21-son qaroriga muvofiq respublikamizda qoʻllashga ruxsat berilgan Xalqaro oʻlchamlar tizimi “SI” ning oʻlcham birliklari nomi va belgilanishini oʻquv, oʻquv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda qoʻllash nazarda tutilgan. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Davlat test markazi mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul test topshiriqlari bazasini shakllantirish jarayonida qoʻllaniladigan oʻlcham birliklariga qarorga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritmoqda.

Masalan, uzunlik oʻlchov birligi santimetrning qisqacha belgilanishi smqarorga muvofiq cm koʻrinishida qoʻllaniladi.

Qaror bilan kiritilgan oʻzgarishlarning ayrimlarini keltirib oʻtamiz:

santimetr – sm – cm;

gektar – ga – ha;

ar – ar – a;

massaning atom birligi – m.a.b – u;

millimetr simob ustuni – mm.simob.ustuni – mm Hg;

soat – soat – h;

sutka – kun – d;

kilovatt-soat – kW-soat – kW-h;

amper-soat – A-soat – A-h.

Barcha bitiruvchilar va abituriyentlar mazkur oʻzgarishlardan xabardor boʻlishlari lozim. Batafsil maʼlumotni Davlat test markazidan olish mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?