Bishkekda “Farg‘ona vodiysi ustunligi” biznes forumi bo‘lib o‘tdi

13:35 17 May 2018 Iqtisodiyot
397 0
Foto: prom.ua

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va ularni eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik tuzilmalari vakillari yaqinda Bishkek shahrida tashkil etilgan “Farg‘on vodiysi ustunligi” xalqaro biznes forumida ishtirok etdi.

BMTTDning “Kengaytirilgan Yevropa: Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun savdoga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda ishbilarmonlar, har uch davlatda hududiy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish strategiyasini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan hokimiyat vakillari sohada mintaqaviy barqaror hamkorlikka erishish masalalarini muhokama qilish maqsadida yig‘ildi.

Shuningdek, unda Farg‘ona vodiysida qishloq-xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan sheriklik qilishdan manfaatdor bo‘lgan Yevropa Ittifoqi, Mo‘g‘iliston, Xitoydagi yirik savdo tarmoqlari mutasaddilari ishtirok etdi.

Forum sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, jabhada yangi ish o‘rinlari yaratish kabi maqsadlar ham ko‘rib chiqildi.

Yakunda har uch mamlakatning yaqin va uzoq xorij bo‘yicha sohadagi eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan aniq tavsiyalar hamda takliflar ishlab chiqildi. 

Anjumanni o‘tkazishga Qirg‘iziston meva-sabzavot korxonalari uyushmasi, ushbu davlat iqtisodiyot vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamda “Hilfswerk Austria International” xalqaro tashkiloti ko‘mak berdi.    
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?