Birja orqali sotilgan avtoraqamlarning umumiy miqdori 245 mlrd. soʻmdan oshdi

16:08 22 Avgust 2019 Jamiyat
137 0

Illyustrativ foto

“OʻzRTXB” AJning “AVTORAQAM” elektron savdo platformasi ishga tushirilgan paytdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining boʻlinmalari tomonidan 245,0 mlrd soʻmdan yuqori 50 mingta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bitta bitimning oʻrtacha qiymati 5,0 mln soʻmni tashkil etdi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgust 683-sonli qaroriga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar avtoraqam.uzex.uz vebsaytida avtoraqamlar sotuvi boʻyicha oʻtkaziladigan savdolarda vositachilarning ishtirokisiz, yaʼni bevosita oʻzlarining shaxsiy kabineti orqali ishtirok etishadi. Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha xarid qiladigan yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlarining shaxsiy kabinetidagi login va parolni tegishlicha saqlanishi va xavfsizligi uchun toʻliq javob beradi.

“Shu munosabat bilan, barcha savdo ishtirokchilardan avtoraqamlarni onlayn auksion orqali xarid qilishda vositachilarning xizmatlaridan foydalanmaslikni, hamda oʻzlarining shaxsiy maʼlumotlarini, shu jumladan “UZCARD” plastik karta maʼlumotlari, login va parolni uchinchi shaxslarga oshkora etmaslikni soʻraymiz. Avtoraqam sotib olish boʻyicha savdoda qatnashish boʻyicha batafsil video koʻrsatmalar bilan avtoraqam.uzex.uzvebsaytida tanishib olishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?