Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bayrutdagi vaziyatdan xavotirda

01:00 03 Sentyabr 2020 Dunyo
224 0

Foto: AP

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yaqinda Bayrut portida koʻplab farmatsevtika mahsulotlari, sanoat miqyosida ishlab chiqarilgan hamda zararkunandalarga qarshi vositalar va boshqa xavfli toksik moddalarni oʻz ichiga olgan portlashning ekologik oqibatlaridan jiddiy xavotirda ekanligini maʼlum qildi.

BMT Taraqqiyot Dasturi mutaxassislarining taʼkidlashlaricha, Livanning qirgʻoq mintaqalaridagi ekologik vaziyat fojiadan ancha oldin ham xavfli boʻlgan. Portlashlar esa kimyoviy ifloslanishni yana-da kuchaytirgan.

4-avgust kuni Bayrut portida kuchli portlash sodir boʻldi. Mintaqadagi nafaqat eng muhim transport markaziga, balki Livan poytaxtining muhim qismiga, shu jumladan, turarjoylar, tibbiyot va taʼlim muassasalari hamda boshqa infratuzilma obyektlariga jiddiy zarar yetdi. Portning vayronaga aylanishi natijasida 100 mingdan 800 ming tonnagacha boʻlgan katta miqdordagi chiqindi uyumi paydo boʻlgan.

Livanda xavfli chiqindilarni yoʻq qilish uchun yer juda oz va uni saqlash yoki qayta ishlash korxonalari ham mavjud emas. Vaziyat esa portlashning Bayrutga va butun Livanga maishiy chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha xizmat koʻrsatadigan ikki shahar obyektidan biriga jiddiy zarar yetkazganligi bois ogʻirlashmoqda. Bugungi kunda chiqindilarning katta qismi toʻgʻridan-toʻgʻri chiqindixonalarga yuborilmoqda. Agar ushbu muammo hal etilmasa, yaqin orada mamlakat yana bir jiddiy inqirozga duch keladi.

Foto: AP

Shundan kelib chiqqan holda, BMT va Yevropa Ittifoqi birgalikda Livanga chiqindilarni ekologik jihatdan tozalash jarayonini tashkil etish hamda toʻgʻri qayta ishlashda yordam berishga harakat qilmoqda.

Bugunga kelib Bayrut portidan tashqaridagi chiqindilar va atrof-muhitga yetkazilgan zarar, shuningdek, portning oʻzidagi kimyoviy taʼsirga oid dastlabki baholash ishlarini amalga oshirilgan.

Oʻz navbatida, Jahon banki ham atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdorining dastlabki baholash jarayonining xulosasini tayyorlagan.

Dastlabki taxminlarga koʻra, portlashdan keyingi atrof-muhitni tiklash uchun 100 million dollardan koʻproq mablagʻ kerak boʻladi.

BMT Livanni qoʻllab-quvvatlash uchun donorlardan 565 million dollar soʻragan edi. Ushbu mablagʻlarning bir qismi shaharni tiklashga sarflanadi.

Ushbu jarayonning ekolog toza rivojlanishga yoʻnaltirish uchun hamma narsani qilishga undayotgan BMT Taraqqiyot Dasturi mutaxassislari, xususan, quyosh energiyasidan foydalanishni, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha choralar koʻrishni va binolarni tiklashda samarali izolyatsiya materiallaridan, shuningdek, tegishli dizayndan foydalanishni maslahat berishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?