Birdaniga 5 ta uy olib berishni vaʼda qilgan firibgarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

21:19 05 Sentyabr 2020 Jamiyat
256 0

Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi fuqaro 29 yoshli S.M., Samarqand shahar hokimligi tomonidan kam taʼminlangan oilalarga Samarqand shahar “Obod maskan” mahallasi Qorasuv maskanida qurilayotgan koʻp qavatli uylardan berayotganligini aytib, oʻzining tanishi 45 yoshli Sh.M.,ga ham ushbu joydan 5 dona uyni kredit shartlari asosida arzon narxda olib berishini vaʼda qilib, uning ishonchiga kirib, 2018-yilning dekabr oyidan 2020-yilning mart oyiga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida boʻlib-boʻlib jami 16.400 AQSH dollarini olib, hozirgi kunga qadar uy olib bermasdan pullarni oʻzining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

"Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan 29 yoshli S.M.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?