Birdaniga 10 ta oliy taʼlim muassasasi rektori ishdan olindi

18:32 14 Fevral 2020 Jamiyat
251 0

Arxiv surat

“Oliy taʼlim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar:

Alisher Yusubjanovich Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Shavkat Safarovich Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Shavkat Safarovich Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdugʻani Jumanazarovich Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Bahodir Boypoʻlatovich Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Xudayberdiyevich Daniyarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Sobitxon Toshpoʻlatovich Turgʻunov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

Botir Shukurillayevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Shuhrat Axmadjanovich Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Azamat Muxitdinovich Shamsiyev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

Jasur Alimjanovich Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

Orifjan Shadiyevich Bazarov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Nasimxanovich Maxmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Sharibboy Tulanovich Ergashev Namangan muhandislik-qurilish institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Shukurjon Sharipovich Kenjaboyev ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Mamirjon Yusupovich Atadjanov Qoʻqon davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Azizjon Gʻulomjonovich Eminov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Abdullajon Kadirovich Xamrakulov Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali ijrochi direktori — Filial direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev, 2020-yil 31-yanvar kuni “Yaqinda koʻp rektorlar ishdan olinadi. Mening stolimda turgan maʼlumotlarga koʻra, bu rektorlar bilimi, saviyasi va vatanparvarlik darajasi bilan rektor boʻlish u yoqda tursin, hatto qorovul boʻlishga arzimaydi,“ — degan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?