“Birdamlik zanjiri” bogʻlandi

15:19 14 Mart 2019 Jamiyat
407 0

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Urganch shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan “Vatan taqdiri — mening taqdirim” shiori ostida Serjantlar forumi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati maʼlum qildi.

— Ushbu tadbir yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida, yurtga sodiq farzandlar etib tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlim boshligʻi Toʻlqin Qodirov. — Shu bois ushbu tashabbusni qoʻldan boy bermay, barcha hududlarda uyushtirish koʻzda tutilgan.

Forum yakunida Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakillarining Vatan osoyishtaligi yoʻlida yuqori marralarga erishish maqsadida oʻzaro hamkorlik, birdamlik bilan qoʻyilgan qadamni oʻzida aks ettiruvchi “Birdamlik zanjiri” bogʻlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?