Bir vaqtning oʻzida bir nechta viruslarni aniqlashning sodda va ishonchli usuli yaratildi

20:11 03 Iyun 2020 Dunyo
252 0

Janubiy Koreyaning “Korea Advanced Institute of Science and Technology” (KAIST) instituti mutaxassislari bir vaqtning oʻzida bir nechta patogenlarni aniqlay oladigan yangi usulni ishlab chiqishdi.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu yangicha usul ommaviy tashhis qoʻyish jarayonida ishlatilishi mumkin.

Janubiy koreyalik olimlar jamoasi tomonidan taklif etilayotgan yangicha usulning asosiy gʻoyasi molekulalarning funksional guruhlarini safarbar etuvchi granunali polimerlarning xususiyatlaridan foydalanish boʻlib, texnologiya viruslarni ularning genom tartibini tahlil qilmasdan aniqlash imkonini beradi, bu esa tashxisni ancha soddalashtiradi va tezlashtiradi.

“Biz immunoformentli analiz (maʼlum antigen-antitela reaksiyasiga asoslangan turli xil past molekulyar ogʻirlikdagi birikmalarni, makromolekulalarni, viruslarni hamda boshqalarni sifatli yoki miqdoriy aniqlash uchun oʻtkaziladigan laboratoriya immunologik usuli)ni aniqlash uchun ikki bosqichli jarayonning analogini yaratishga muvaffaq boʻldik. Ikki qatorli RNKlar floresan antitanachalar tufayli aniqlanadi”, deydi tadqiqotning yetakchi mualliflaridan biri professor Shen Li.

Qayd etilishicha, yaratilgan platforma RNK aralashmasidagi uzun ikki qatorli RNKlarni vizual koʻrish, shuningdek, hujayraning lizatidagi virus izlarini aniqlash jarayonida qoʻlllaniladi.

Yaqin kelajakda biologik namunalarda koronavirus izlarini qidirishda qoʻllanilishi kutilayotgan ushbu yangi usulning samadorligi olimlar tomonidan A va S gepatitini aniqlash jarayonida isbotlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?